Qarshi shahrida 7-maydan taksi xizmatiga ruxsat beriladi

Taksilarda yo‘lovchilar soni 3 kishidan oshmasligi va karantin qoidalariga amal qilinishi lozim. "Damas" avtomashinasi va avtobuslarga ruxsat berilmaydi
Sputnik

TOShKENT, 6-may - Sputnik. Ertadan, 7-maydan Qarshi shahrida yo‘nalishsiz taksilarga ruxsat berilishi e’lon qilindi.

O‘zbekistonda avtomobillar uchun stiker bekor qilinadi

Bunda yo‘lovchilar soni 3 kishidan oshmasligi va karantin qoidalariga amal qilinishi lozim. "Damas" avtomashinasi va avtobuslarga ruxsat berilmaydi, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, shaharda shuningdek, sartaroshxonalar faoliyati ham qayta tiklanadi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda epidemiologik vaziyat ijobiy tomonga o‘zgargayotgani bois 22-apreldan karantin sharoiti bosqichma-bosqich yumshatila boshlagan edi.

Kuni kecha prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan hududlarda, sanitariya talablarini belgilagan holda, nooziq-ovqat do‘konlari, tibbiy diagnostika, taksi xizmati, ta’mirlash, tikuvchilik, maishiy texnika va poyabzal tuzatish, sartaroshxonalar faoliyatiga ruxsat berish kerakligi qayd etilgan edi.