Oliy sud Yulduz Usmonova ishi yuzasidan izoh berdi

Avvalroq Toshkent shahar IIBB Yulduz Usmonovaning ichki ishlar xodimlarini haqoratlagani holati yuzasidan surishtiruv boshlagan edi.
Sputnik

TOShKENT, 6-may — Sputnik. Hozirgi paytga qadar fuqaro Yulduz Usmonovaga oid ish materiallari sudga kelib tushmagan. Bu haqda O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati xabar qildi.

“Ushbu ish surishtiruv organi tomonidan sudga taqdim etilishi bilan sud majlisi o‘tkaziladi va qonun doirasida ko‘rib chiqiladi”, - deyilgan xabarda.

Avvalroq Toshkent shahar IIBB Yulduz Usmonovaning ichki ishlar xodimlarini haqoratlagani holati yuzasidan surishtiruv boshlagan edi. IIV ish yakuni bo‘yicha holatga oydinlik kiritilib, aybdorlarga qonuniy tartibda chora belgilanishini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Instagram’da jonli efirga chiqib, ichki ishlar xodimlarini haqoratlagani aks etgan video internetda tarqalgan edi. Keyin bu ishi uchun u kechirim so‘ragan edi.