"Korrupsiyaning oldini olish": Qurilish vazirligi Oliy Majlisda axborot beradi

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 6-may - Sputnik. O‘zbekiston Qurilish vazirligi 5-may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qurilish sohasidagi korrupsiyaning oldini olish masalalari bo‘yicha axborot beradi.

Sardoba fojiasi: aybdorlar qonun oldida javob beradi - Shavkat Mirziyoyev

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev o‘zining telegramdagi sahifasida ma’lum qildi.

"Bugun, rejaga muvofiq, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurash va sud huquq masalalari qo‘mitasi tomonidan qurilish sohasidagi korrupsiyaning oldini olish masalalariga bo‘yicha Qurilish vazirligi axboroti eshitiladi", — deb yozdi Kusherbayev ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.

Eshituv videokonferens-aloqa rejimida o‘tkaziladi.