Karantin choralari tufayli O‘zbekiston yo‘llarida o‘lim holatlari 40%ga pasaydi

Halok bo‘lganlar soni 40 foizga kamaygan: 2019-yilning shu davrida 228ta bo‘lgan bo‘lsa, 2020-yilda 138 nafarni tashkil qilgan
Sputnik

TOShKENT, 6-may - Sputnik. O‘zbekiston yo‘llarida o‘lim holatlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 40 foizga kamaydi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmatida ma’lum qilishdi.

Koronavirus foydasi - Xitoyda birinchi bor havo tozalanishi kuzatildi

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 16-mart - 26-aprel kuniga qadar respublika hududida jami yo‘l-transport hodisalari soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 41 %ga (2019 yilda) 836tadan 496 (2020 yil)taga kamayishiga erishilgan.

Halok bo‘lganlar soni 40 foizga kamaygan: 228 (2019 yil) nafardan 138 (2020 yil) nafarga, jarohat olganlar soni 44 foizga  787 (2019 yil) nafardan 441 (2020 yil) nafarga kamayishiga erishilgan.

Yo‘llarda o‘lim holatlari joriy etilgan cheklov choralari tufayli pasaygan.