Ispaniya sohiliga ulkan akulalar suzib keldi - olimlar tashvishda

Olimlar O‘rta yer dengizida Ispaniya kurorti sohili yaqinida uzunligi to‘rt metr bo‘lgan akulalarni ko‘rishdi.
Sputnik

TOShKENT, 6-may — Sputnik. Olimlar O‘rta yer dengizida Ispaniya kurorti sohili yaqinida ulkan akulalarni ko‘rishdi, deb xabar beradi The Sun.

Malagadan sharq tomonida Kostaning tropik qirg‘og‘ida, Kalaxonda plyaji yaqinida to‘rt metr uzunlikdagi yirtqich videoga olindi.

Ilgari olimlar besh metrli akulani ko‘rishgan edi. Aytilishicha, hududda tajovuzkor akula turlarini aniqlashgan.