Ekspert Markaziy Osiyo iqtisodiyoti tiklanishi nimadan boshlanishini aytdi

RF prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasining dotsenti Kira Sazonova Markaziy Osiyoda pandemiyadan so‘ng iqtisodiyotning qaysi tarmoqlari tiklana boshlashi haqida fikrlarini bildirdi.
Sputnik

“Metall prokat, metall ishlab chiqarish va eritish, avtomobil va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq sohalar faol ravishda tiklanadi va unga bog‘liq bo‘lgan logistika yana rivojlashni boshlaydi”, - deb ta’kidladi ekspert.

Shuningdek, uning fikriga ko‘ra, agrar soha ham rivojlanadi.

"Pandemiya tufayli mamlakatlar foyda o‘sishining ma’lum foizini yo‘qotishlari aniq, ammo keyinchalik, ushbu sektorda, menimcha, kompensatsion effekt bo‘ladi, bu 2020-yil kuzida o‘zini namoyon qiladi", - dedi Sazonova.

Bundan tashqari, uning fikricha, IT-texnologiyalarga katta e’tibor beriladi, masofadan turib ishlash va malaka oshirish uchun yangi dasturlar paydo bo‘ladi.

"Bunday pandemiya, murakkab epidemiologik vaziyatda hamma masofadan turib ishlash formatiga o‘tkazishdan boshqa chora yo‘qligini tushundi", - deb qo‘shimcha mutaxassis.

Ekspert Markaziy Osiyo iqtisodiyoti tiklanishi nimadan boshlanishini aytdi