O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Vohidjon Ahmadjonov Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan intervyuda avariya oqibatlarini barataf etish maqsadida hozirda qanday ishlar olib borilayotgani haqida so‘zlab berdi.
- Sardoba suv ombori qayday suv bilan to‘ladi?
Bizda suv omborlari ikki xil bo‘ladi – "ruslovoy" va "nalivnoy". Ruslovoy – bu daryo yoki soyning ruslosiga quriladi va to‘ldiriladi.
"Nalivnoy"da daryo suvning oldida emas, boshqa joyda quriladi va suv boshqa daryo va soylardan olib kelinib, shu orqali to‘ldiriladi.
Sardoba – "nalivnoy" to‘ldiriladi. Unga suv kanaldan keladi. Janubiy Mirzacho‘l kanali bor, o‘sha yerdan. Janubiy Mirzacho‘l kanali suvni Sirdaryodan oladi.
- 1-may kuni texnik nuqtayi nazardan nima sodir bo‘ldi - to‘g‘onning bir qismi buzilishi yoki qirg‘og‘i yuvilganmi yoki boshqa narsami? Bu yerda konstruktiv kamchiliklar bormi? Tuzilishning qolgan qismi qanchalik xavfsiz va u mustahkamlanadimi?
- Hozir aniq javob berolmayman. Maxsus komissiya tuzilgan. Bu masala bo‘yicha tergov olib borilmoqda. Shu masala chuqur o‘rganiladi. Juda kuchli mutaxassislar va boshqa texnik xodimlar jalb qilingan. Barcha holatlar yuzasidan tushuntirish beriladi.
Texnogen FHga qaramay, to‘g‘on turibdi, o‘ylaymanki, konstruksiya mustahkam.
Lekin yuqorida aytganimdek, kuchli mutaxassislar jalb qilingan va suv omborining boshqa hamma joylarini sinchkovlik bilan o‘rganishayapti.
O‘rganish boshlangan, o‘rganilgach xulosasi aytiladi. Chunki bu plotina kichkina joy emas, 28 kilometrgacha cho‘zilgan, uni maxsus jihozlari bor, ular bilan o‘lchanadi va tatqiq qilinadi. Misol uchun, "georadar" degan qurilma bor, odamni "UZI" qilgandek, plotinani bu qurilma yordamida o‘rganiladi. Plotinaning qayerda kamchiligi bor-yo‘qligini tekshiradi. Bundan tashqari boshqa nazorat-o‘lchov apparatlar yordamida umuman plotina va boshqa inshootlar diagnostika qilinadi, xavfsizlik talablariga javob berishi aniqlanadi. Tashkil etilgan komissiya shuni o‘rganib chiqadi.
- Aholi punktlaridan tashqaridagi ombordan chiqqan suv bilan nima qilinadi - uni qanday chiqariladi yoki bu joylardan boshqa tomonga yo‘naltiriladimi? Qanday texnologiyalar mavjud?
- Biz hozirda suv bosgan joylarda suvni kamaytirish choralarini ko‘rapmiz. Misol, suv bosish jarayonida qaysidir kanalning ichida loyqa to‘lib qolgan, o‘shalarning og‘zi ochilib, bundan tashqari, bu suvlarning asosiy yagona arteriyasi KGK degan kollektorimiz bor, bu Markaziy Mirzacho‘l kollektori deyiladi, bu kollektor orqali suvlar hammasi Aydarko‘lga chiqarilib yuborilyapti.
Hozirda shu suvlarni tezroq chiqarib yuborishning chorasi ko‘rilyapti.
Bundan tashqari, odamlarning uyini, ijtimoiy obyektlarni suv bosgan joylarini qutqarish maqsadida bittagina bizni vazirlik – suv xo‘jaligi vazirligining o‘zi 350 taga yaqin ko‘chmas nasos olib kelgan. O‘sha ko‘chma nasoslarni qo‘yib, suvni tez "otkachka" qilyapti. Maqsad uylarni butun saqlab qolish, infrastrukturalarga yetishi mumkin bo‘lgan zarar miqdorini kamaytirish.
Obyekt suvni tagida qancha tursa, unga shuncha zarar, u nurashni boshlaydi va shunday jarayon bo‘lmasligi uchun suvni "otkachka" qilishga kirishganmiz.
Yoki mana ekin maydonlarini olaylik – g‘alla ekkanmiz, g‘alla maydoni yarim metr suv bosgan. Uni shu holiga tashlab qo‘ysangiz g‘alla ham nobud bo‘ladi. Suvni olib kanal va kollektorga tashlayapmiz. Suvni Jizzax yoki boshqa tomonga yo‘naltirapmiz.
- Favqulodda vaziyatdan keyin Sardobdagi suv darajasi qanchaga tushdi? Yozda suv tanqisligi bo‘lmaydimi?
- Suv darajasi tushishi – biz shu masala bilan shug‘ullanmoqdamiz, bahor boshida suv tanqisligi holati kuzatilayotgan edi, ammo keyin yomg‘ir yog‘di va holat o‘zgardi. Suv tanqisligi bo‘lmasligi uchun muvjud suvimizdan tejab tergab foydalanamiz.
Joriy yil 150 ming gektar maydonda suvni tejash texnologiyalarini joriy qilamiz. Asosiy kuch bunda tomchilab sug‘orishga yo‘naltiriladi. Tomchilab sug‘orish suvni ikki baravar iqtisod qiladi. Demak, mavjud suvni ikki baravar ko‘proq maydonga yetkazish imkoniyatini beradi.
O‘ndan ortiq yirik ishlab chiqaruvchilar O‘zbekistonda tomchilab sug‘orish bo‘yicha texnologiyalarni ishlab chiqaradi.
- FVdan keyin Qozog‘iston vakillari kelishdimi? O‘z tomonidan qandaydir maslahat berishdimi? Qozog‘istonga qanday yordam ko‘rsatiladi?
- Qozog‘iston tomon bilan gaplashdik, kelishdik, zaruriy texnikalar shay qilindi, odamlarimiz tayyor bir qismi o‘tapti u tomonga. Bu faqat melioritiv texnikalar emas, u yerda ekskavator, buldozer, maxsus texnikalar, ko‘chma nasoslar bor, suvni "otkachka" qilish uchun yong‘in o‘chirish mashinalari ham bor. Mutaxassislar va boshqa bir qancha yordamchi texnikalar mavjud. Hozir shuni bosqichma-bosqich o‘tkazib, Qozog‘iston hududida yetkazilgan zararni bartaraf qilish bo‘yicha ham qat’iy ish olib boriladi.
Bu albatta tabiiy ofat, buni hech kim xohlamaganligini qozog‘istonlik do‘stlarimiz ham bilib turishibdi. O‘zbekistonning o‘ziga juda katta talafot yetkazdi bu texnogen ofat. Uning ko‘lamini baribir maxsus komissiya aniqlaydi, lekin Qozog‘istonga nisbatan o‘zimizga 3-4 marta ko‘proq ziyon yetdi. Katta joyni suv bosgan.
Qozog‘istonlik sheriklarimiz, vaziyatni to‘g‘ri tushunishayapti, ularga ming rahmat.
Ular bilan doimiy aloqadamiz, har kuni 3-4 martadan telefonlashib, hamkorlikda ish olib borilyapti.
Ularning ham bizning ham harakatimiz, shundan iboratki, tezroq mana shu suvni chiqarib yuborish va aholini o‘zini har doimgidek tumush hayot tarziga qaytarish.
Qolaversa, kecha prezidentimiz aytdilar, biz hech ham chetda qarab turganimiz yo‘q, Qozog‘istonga yetkaziladigan zararni minimum darajaga yetkazishga harakat qilmoqdamiz.
Bunday musibatlarni xalqlar doimo bir-biriga yelkama-yelka turib yenggan, birdamlik bo‘lsa, hech narsamas.
OAVlardan yagona iltimosim, har xil gaplarni tarqatmaslik kerak. Bir masalani mohiyatini bilmasdan turib, sharoitni qaramasdan turib har xil gap so‘zlarni ko‘paytirib, vahima, sarosima, mish-mishlarni tarqatish umuman noo‘rin.