BAAdagi 49 qavatli osmono‘par binoda yong‘in chiqdi – olov butun binoni qamrab oldi

Hodisa Sharja shahrida kecha kechqurun sodir bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in 10 qavatda kelib chiqqan, biroq ayrim guvohlar yong‘in birinchi qavatda joylashgan parkovkadan boshlanganini aytishmoqda.
Sputnik

Gulf News nashri xabariga ko‘ra, osmono‘par bino va yaqin uylarda istiqomat qiluvchilarni evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘lingan.  Qutqaruvchilar hodisa joyiga zudlik bilan yetib kelgan, shu bois evakuatsiya ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.

Shu bilan birga, 7 kishi is gazidan zaharlangani aytilmoqda. Biroq ularning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga qo‘ra, yong‘in bartaraf etilgan.