TOShKENT, 6-may - Sputnik. Pittsburg univerittetining Tibbiyot maktabida faoliyat yurituvchi 37 yoshli olim Bing Lyu shanba kuni o‘z uyda o‘ldirib ketilgan holda topildi, deb xabar qilmoqda People.
Politsiya xabariga ko‘ra, tibbiyot olimining boshiga, bo‘yniga qorniga va oyoq qo‘llariga o‘q uzilgan. Uynig uyi yaqinida avtomobil ichida yana bir erkak kishining jasada topilgan. U 46 yoshli Xao Gu – Bing Lyuning tanishi bo‘lib chiqqan. Xao Gu boshiga o‘q uzilishi oqibatida vafot etgan.
Bing Lyu Pittsburg universitetining Tibbiyot maktabida Tizimli biologiya jarayonlarini kompyuter modellashtirish, tahlil qilish bilan shug‘ullangan. Uning hamkasabalari Lyuning ulkan yutuqlari haqida hikoya qilib berishdi.
“Bing SARS-CoV-2 infeksiyasi asosida bo‘lgan hujayralarni tushunish va ularning keyingi rivojlanishini o‘rganish borasida juda muhim kashfiyot arafasida turgan edi. Biz uning kashfiyotlarini oxirigacha yetkazish uchun barcha harakatlarni bajaramiz”, - deyilgan Tibbiyot maktabaining Tizimli biologiya departamenti ta’ziyanomasida.
Bing Lyu Singapur Milliy universitetida bakalavr va doktor unvonini olgan. Undan so‘ng Pittsburgdagi Karnegi-Mellon Universitetida doktorlikdan keyingi izlanishlar o‘tkazish bilan shug‘ullanib kelayotgan bo‘lgan.