O‘zbekiston Qozog‘istonning suv bosgan hududlarini qayta tiklashda yordam beradi

Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori to‘g‘onining o‘pirilishi oqibatida Qozog‘istondagi 5 ta aholi punkti suv ostida qolgan.
Sputnik

TOShKENT, 5-may — Sputnik. O‘zbekiston Qozog‘istonning suv bosgan hududlarini qayta tiklashda yordam beradi va Turkiston viloyati hokimi (akimi) Umirzak Shukeyev o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun chegarani ochishni so‘ramoqda, deya yozadi Sputnik Qozog‘iston nashri.

“Biz kecha O‘zbekistonda bo‘ldik va markaziy kollektor borasida muzokalarlar o‘tkazdik. Biz qayerda qanday xavf borligini ko‘rib chiqdik. Kogali aholi punkti yaqinida qo‘shimcha kanallar qazamiz. Kecha bu haqda kelishib oldik”, - dedi u hukumat majlisida.

Sardobadagi damba yorilishidan so‘ng, Qozog‘istondagi aholi evakuatsiya qilindi

Shukeyev o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan yaqin hamkorlikda ish olib borilayotganini ta’kidlagan.

“Vaziyat barqarorlashganidan so‘ng ular viloyatimizga o‘z texnikalari bilan keladi, ya’ni bizga yordam beradi. Biz esa o‘z tomonimizdan chegarani ochishimiz kerak”, - dedi Turkiston viloyati hokimi.

Shuningdek, u O‘zbekiston hududida 10 ta aholi punkti suv ostida qolib, 70 ming kishi evakuatsiya qilinganini qo‘shimcha qildi.

“O‘zbekistonda ham vaziyat qiyin va biz ushbu vaziyatni birgalikda bartaraf etamiz deb o‘ylaymiz. Ertaga biz ham davlat komissiyasi bilan u yerga boramiz, yo‘lga hozirlik ko‘rilmoqda”, - deya so‘zlariga yakun yasadi Shukeyev.

Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori to‘g‘onining o‘pirilishi oqibatida Qozog‘istondagi 5 ta aholi punkti suv ostida qolgan. Maktaaral tumanining 14 ta aholi punktidan 31,6 ming aholi evakuatsiya qilingan. 7 ta aholi punktida suv toshqini xavfi saqlanib qolmoqda.

Qozog‘istonda yana bir qishloqni suv bosdi – video

Eslatib o‘tamiz, Sirdaryoda 1-may kuni Sardoba suv ombori to‘g‘oni piketlaridan birining yorilib ketishi oqibatida suv toshqini yuzaga kelgan edi.  70 mingga yaqin aholi xavfsiz hududga ko‘chirilgan va kamida 56 kishi turli tan jarohatlari bilan kasalxonalarga yotqizilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, fojiada bir Milliy gvardiya xodimi halok bo‘lgan, ikkinchisi esa qidirilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Sardoba to‘g‘onida yuz bergan hodisadan so‘ng qozog‘istonlik hamkasbiga qo‘ng‘iroq qilgan edi. Davlat rahbarlari Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisa bilan bog‘liq joriy vaziyatni hamda uning mamlakatlar chegaraoldi hududlaridagi oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha yaqin hamkorlikni tashkil etish masalalarini batafsil muhokama qilgan.