O‘zbek gilosining birinchi partiyasi Rossiyaga yetkazildi

O‘zbek gilosining bir kilosi 550 rubldan (7,3 dollar) sotilgan va shu narxda baholanayotgan tabiiy mevalarga bo‘lgan talabdan ham oshib ketgan.
Sputnik

TOShKENT, 5-may — Sputnik. O‘zbek gilosining ilk partiyasi Rossiyaga muvaffaqiyatli eksport qilindi va u Rossiya bozorlarida sotila boshlandi. EastFruit tahliliy portali xabar qildi.

O‘zbek uzumi va gilosi endilikda Misr bozorlarini zabt etishni boshlaydi

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti maslahatchisi Baxtiyor Abduvohidovning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan hafta Novosibirskga o‘zbek gilosi ortilgan birinchi yuk mashinasi  kirib kelgan.

O‘zbek gilosining bir kilosi 550 rubldan (7,3 dollar) sotilgan va shu narxda baholanayotgan tabiiy mevalarga bo‘lgan talabdan ham oshib ketgan. Chakana savdoda esa ushbu mahsulotning taxminan 1 kilo uchun 13 dollardan ko‘proq baholangan bo‘lishi mumkin.

EastFruit ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston har yili 35 dan 50 ming tonnagacha gilos mevasini eksport qiladi. Rossiya mintaqadagi gilosning eng yirik xaridori hisoblanadi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, u yiliga 75 ming tonnaga yaqin gilos sotib oladi.