Tojikiston elektr kompaniyasining O‘zbekistonga mavsumiy importi boshlandi

O‘zbekiston Tojikistondan elektr energiyasi sotib olishni boshladi. “O‘zbekiston MET” AJ va “Barqi Toҷik” kompaniyasi o‘rtasida joriy yilning may-sentabr oylari uchun shartnoma imzolandi.
Sputnik

TOShKENT, 5-may — Sputnik. 2020-yil 2-may kuni “O‘zbekiston MET” AJ va “Barqi Toҷik” kompaniyasi o‘rtasida joriy yilning may-sentabr oylari uchun shartnoma imzolandi.

O‘zbekiston elektr energiya ishlab chiqarishni ko‘paytirishni rejalashtirmoqda

“O‘zbekiston MET” matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shartnoma respublikada energetika va suv resurslari muvozanatini saqlash hamda iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlanish maqsadida imzolangan.

Ta’kidlanishicha, hozirda import amaliyoti ikkita 220 kVli yuqori kuchlanishli havo tarmoqlari orqali amalga oshirilmoqda.

Shartnomaga asosan yoz oylarida elektr energiyasi va suv resurslariga ehtiyoj ortadigan davr uchun import hajmlarini 500 kVli tarmoqlar orqali ko‘paytirish ham nazarda tutilgan.