Toshkent davlat transport universiteti tashkil etildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarori bilan Toshkent davlat transport universiteti tashkil etildi.
Sputnik

TOShKENT, 5-may — Sputnik. “Transport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori e’lon qilindi.

Qarorga muvofiq, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti hamda Toshkent davlat texnika universitetining aviakosmik texnologiyalari fakulteti birlashtirilib, Toshkent davlat transport universiteti tashkil qilinadi.

Avvalroq Samarqand, Namangan va Termiz universitetlarida yuridik fakultetlar tashkil etilishi xabar qilingan edi.