So‘nggi 11 soat ichida O‘zbekistonda koronavirus aniqlanmadi

Mamlakatda so‘nggi 14 kun davomida koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni kasallanganlar sonidan ortgan.
Sputnik

TOShKENT, 5-may — Sputnik. O‘tgan 11 soat ichida O‘zbekistonda koronavirus holati qayd etilmadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Shifobaxsh qon: ekspert COVID-19dan davolashning yangi uslubi mohiyati haqida so‘zlab berdi

“2020 yil 4-may soat 23:00dan bugun, 5-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, ya’ni o‘tgan 11 soat ichida O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilmadi”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlash joizki, mamlakatda so‘nggi 14 kun davomida COVID-19dan sog‘ayganlar soni kasallanganlar sonidan ko‘p bo‘lgan. Faqat o‘ninchi kuni ikki holat ham tenglashgan.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni 2189 nafarni tashkil qilib, sog‘ayganlar esa 1405 nafarga yetdi. 10 kishi vafot etgan. Shifoxonalarda 774 nafar bemor davolanmoqda.