Farg‘onada ham ichki postlar olib tashlandi

Farg‘ona viloyati IIBB aholidan postlar olib tashlangan bo‘lsada karantin qoidalariga amal qilishda davom etishni so‘ramoqda.
Sputnik

TOShKENT, 5-may - Sputnik. Karantin munosabati bilan o‘rnatilgan Farg‘ona shahri ichidagi hamda viloyatlar orasida o‘rnatilgan postlar olib tashlandi, deb xabar qilmoqda IIV matbuot xizmati. 

"Respublikamizda karantin tartibi yumshatilishi munosabati bilan 4-may sanasidan boshlab Farg‘ona viloyati markazi hamda tumanlararo o‘rnatilgan ichki karantin postlari faoliyati to‘xtatildi. Fuqarolarimizdan karantin postlari faoliyati to‘xtatilgan bo‘lsada, karantin qoidalariga qat’iy amal qilishlarini so‘rab qolamiz", - deyilgan Farg‘ona viloyat IIBB xabarida. 

Ma’lumot uchun, koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida transport vositalari harakati cheklangan edi.