O‘zbekiston elektr energiya ishlab chiqarishni ko‘paytirishni rejalashtirmoqda

Shuningdek, tabiiy gaz sarfini 16,5 mlrd kubometrdan 12,1 mlrd kubometrgacha qisqartirish rejalashtirilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 4-may — Sputnik. Hukumat “2020 – 2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasini elektr energiya bilan ta’minlash konsepsiyasi”ni qabul qildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.

Saudiya Arabistoni kompaniyasi shamol elektr stansiyalarini quradi

Ushbu hujjat xalqaro ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan. Strategiya 2020-yildan 2030-yilgacha bo‘lgan davrga o‘rta muddatli va uzoq muddatli  maqsadlarni belgilaydi hamda doimiy tahlil asosida zaruriyatga ko‘ra tahlil qilinadi.

“Hujjatning strategik maqsadi – O‘zbekiston aholisini va iqtisodiyotini raqobatbardosh narxlar asosida elektr energiya bilan ta’minlash, eng yaxshi jahon amaliyotlari va jahon elektr energetikasidagi zamonaviy tendensiyalarni qamrab oluvchi muvozanatlangan energetika sektorni rivojlantirishdir”, - deyilgan xabarda.

Konsepsiyada quyidagilarga yo‘naltirilgan ustuvor yo‘nalishlar ko‘zda tutilgan:

  • mavjud elektrstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, shuningdek, elektr energiya ishlab chiqarish bo‘yicha energiya samarador texnologiyalardan foydalangan holda yangi elektr stansiyalarini qurish;
  • elektr energiyasi hisobini yuritish tizimini takomillashtirish;
  • qayta tiklanadigan, ayniqsa, quyosh energiyasi manbalarini rivojlantirish;
  • tarif siyosatini takomillashtirish va ulgurji bozorga chiqishni ta’minlash bo‘yicha huquqiy islohotlarni amalga oshirish.
2030 yilgacha elektr energiyasining o‘rnatilgan quvvatini 12,9 GVt dan 29,3 GVtgacha, ishlab chiqarishni esa 63,6 mlrd kVt⋅s.dan 120,8 kVt⋅s.gacha ko‘paytirish, elektr energiyasini ishlab chiqarishdagi tabiiy gaz sarfini 16,5 mlrd kubometrdan 12,1 mlrd kubometrgacha qisqartirish, elektr energiyani uzatishda yo‘qotishlarni 2,35% ga, va uni taqsimlashda – 6,5% ga kamaytirish rejalashtirilgan.

Ta’kidlanishicha, qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishda hozirgi paytda elektr energiyasi taqchil bo‘lgan hududlarni energiya ta’minotini yaxshilashga alohida e’tibor qaratiladi.

Qayta tiklanadigan energiya manbalari ekologik muhitni, infratuzilmani yaxshilashga, mahalliy sanoat tarmoqlari unumdorligini oshirish va ularni rag‘batlantirishga va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Ushbu sohada qayta tiklanuvchi energiya manbalarining jadal rivojlanishini ta’minlash maqsadida ushbu sohada davlat-xususiy sherikchiligini keng qo‘llash choralari belgilandi.