Toshkentda ayrim idoralar o‘z ishini qayta tikladi

Poytaxtda 4-maydan “pasport stollari” va IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bo‘limlari o‘z ishini qayta yo‘lga qo‘ydi.
Sputnik

TOShKENT, 4-may — Sputnik. Toshkent shahrida “pasport stollari” va IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bo‘limlari o‘z ishini qayta yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar qildi.

Deputatlar bir necha yillik og‘riqli masalaga nuqta qo‘ydi

4 maydan Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda uning tuman bo‘linmalari fuqarolar qabulini davom ettiradi.

Shuningdek, 4-may – dushanba kunidan boshlab Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Tumanlararo ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish hamda ma’muriy amaliyot bo‘limlarida, shuningdek diagnostik stansiyalarida (texnika nazorati) fuqarolar qabuli davom etadi.

Ish kunlari: dushanbadan shanbagacha, dam olish kunlari – yakshanba va bayram kunlari. Ish vaqti: soat 9.00 dan 18.00 ga qadar. Tushlik vaqti: 13.00 dan 14.00 gacha.

“Qayd etamiz, qabul sanitariya-epidemiologiya meyorlariga qat’iy amal qilingan holda olib boriladi. Fuqarolardan tibbiy niqob taqishni va ijtimoiy masofani saqlashni so‘rab qolamiz!”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu idoralar faoliyati mamlakatdagi epidemiologik vaziyat sabab vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan edi.