Koronavirusga mustahkam immunitetni shakllantirish sharti aytildi

Professorning so‘zlariga ko‘ra, infeksiyadan himoya qiluvchi tegishli immunitet ikki holatda shakllanmasligi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 4-may - Sputnik. Tibbiyot fanlari doktori, Sechenov nomidagi Moskva birinchi davlat tibbiyot universiteti patofiziologiya professori Anton Yershov “Rossiyskaya gazeta” nashriga koronavirusga qarshi mustahkam immunitet qanday sharoitda shakllanishi haqida so‘zlab berdi.

Yershovning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 ga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirishning eng maqbul usuli bu kasallikni dori-darmonlardan haddan tashqari foydalanmasdan o‘rtacha og‘irlikda kechishi. “Aynan o‘shanda unga organizmning maksimal immuniteti shakllanadi”, - dedi u.

Professorning so‘zlariga ko‘ra, infeksiyadan himoya qiluvchi tegishli immunitet ikki holatda shakllanmasligi mumkin: kasallikning eng yengil yoki o‘ta og‘ir kechishi. Birinchi holda, infeksiyaga qaramasdan, infeksiyani jiddiy qabul qilish va unga antitelalarni ishlab chiqish uchun inson tanasida virusning yetarli miqdori bo‘lmay qoladi.

Rossiyada “korona”ga immunitet testi tayyorlanmoqda

“Immunitet shakllana olmaydigan ikkinchi holat - agar odam haddan tashqari kasal bo‘lgan bo‘lsa. Kasallikning haddan tashqari og‘ir kechishida organizm shunchalar stressda bo‘ladiki, uning barcha kompensatsion kuchlari kelajakda himoya shakllantirishga emas, balki hayotni joriy saqlab turishga sarflanadi. Organizmga shunchaki quvvat yetishmay qoladi, ya’ni antitelalarni shakllantirish uchun aynan oqsillar yetmaydi”, - deya tushuntirdi Yershov.

Mutaxassis hozirgi koronavirus bilan bog‘liq muammo - bu yaqinda paydo bo‘lganligi va shuning uchun ushbu virus bilan “tanishishga” hali yetarlicha vaqt bo‘lmaganini qo‘shimcha qildi.

“Bu SARS bo‘lganligi sababli COVID-19ga qarshi immunitet ham ikki yil davomida saqlanib qoladi degan taxmin mavjud. Ammo saqlanish muddatlari bo‘yicha tasdiqlangan ma’lumotlar yo‘q", - deya xulosa qildi professor.

COVID-19 pandemiyasi dunyoning ko‘p mamlakatlariga tarqaldi. Umumiy hisobda 3,3 milliondan ortiq odam koronavirus yuqtirib olgan, ulardan 238 mingga yaqini vafot etdi, bir milliondan ortig‘i sog‘ayib ketdi.

O‘zbekistonda kasallanganlar 2160, sog‘ayganlar 1319 nafarni tashkil etmoqda. 10 kishi esa vafot etgan.