IIV fuqarolarni soxta xayriya yig‘imlaridan ogoh bo‘lishga chaqirdi

IIV avvalo xayriya mablag‘lari yig‘ilayotganligi haqidagi har bir xabarni tekshirib ko‘rib, ularning rasmiy ekanligiga ishonch hosil qilishni tavsiya qilgan.
Sputnik

TOShKENT, 4-may — Sputnik. Ichki ishlar vazirligi fuqarolarni soxta xayriya yig‘imlaridan ogoh bo‘lishga chaqirdi.

Ma’lum qilinishicha, ayni vaqtda mamlakatda koronavirus pandemiyasini tarqalishini oldini olish maqsadida boshqalar ko‘magiga muhtoj oilalarga yordam berish, Buxoro, Samarqand, Jizzax viloyatida sodir bo‘lgan tabiiy ofatlar, Sirdaryo viloyatida kuzatilgan og‘ir oqibatli suv toshqini sabab hukumat, hokimliklar, vazirliklar va boshqa davlat idoralari tomonidan ko‘plab xayrli tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

“Salom, Sardoba, biz birgamiz!” xayriya tadbiriga start berildi

“Afsuski mana shunday murakkab vaziyatda ham o‘zining shaxsiy manfaati yo‘lida foydalanib qolishga urinayotgan, saxovatpesha yurtdoshlarimizning xayriya mablag‘lariga firibgarlik yo‘li bilan ega chiqishga urinish  va ayrim hollarda yordam berish istagidagi yurtdoshlarimiz tomonidan ularning aldovlariga ishonib qolishi holatlari kuzatilishi mumkin”, - deyilgan xabarda.

IIV avvalo xayriya mablag‘lari yig‘ilayotganligi haqidagi har bir xabarni tekshirib ko‘rib, ularning rasmiy ekanligiga ishonch hosil qilishni tavsiya qilgan.

Fuqarolardan ijtimoiy tarmoqda yoki atrofida shu kabi firibgarlik holatlariga guvoh bo‘lsa zudlik bilan ichki ishlar organlariga xabar berish so‘ralgan.