Dollar ikkinchi hafta ham arzonlashdi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Bu hafta dollar 0,61 so‘mga qadrsizlandi.
Sputnik

TOShKENT, 4-may — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 5-maydan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 0,61 so‘mga arzonlashdi va 10 129,39 so‘m tashkil qildi.

Dollar ikkinchi hafta ham arzonlashdi

Yevro bu hafta birdaniga 164,45 so‘mga ko‘tarildi va 11 125,11 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli bu hafta ham arzonlashdi. Rubl 0,84 so‘mga pasayib, 134,80 so‘mni tashkil qildi.