“Sardoba” toshqin oqibatlari qanday bartaraf etilmoqda - video

Sardoba suv ombori dambasidan suv chiqishi yuzaga kelgan. 70 ming kishi xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.
Sputnik

Toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun FVV, IIV va Mudofaa vazirligi kuchlari safarbar etildi.

Shavkat Mirziyoyev tezkor shtabga shaxsan rahbarlik qilmoqda.

Evakutsiya qilingan aholi issiq ovqat va kiyim-kechak bilan ta’minlangan.  O‘zbekiston barcha viloyatlardan Sirdaryoga yordam yetkazib berilmoqda.

Buzilgan dambani ta’mirlash uchun muhandislar, harbiylar va suv xo‘jaligi mutaxassislari kecha-kunduz ish olib bormoqda.