Qozog‘istonda yana bir qishloqni suv bosdi – video

Ertalab soat 8.00 da Turkiston viloyatining Orgebas aholi punktini suv bosdi, sal kam 1,5 ming kishi evakuatsiya qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 3-may — Sputnik. Bugun 3-may kuni Qozog‘iston Turkiston viloyati Maktaorol tumanining Orgebas qishlog‘ini suv bosdi. Qishloqning barcha aholisi evakuatsiya qilindi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qildi.  

Ferduosi aholi punkti tomonidan soat beshda bu qishloqqa suv kelishni boshladi.

Aholi punktlar orasida masofa -  3 kilometr.

“Soat 8.00 da kelgan suv butun Orgebas aholi punktini bosdi (194 ta uy). Aholi (1 451 kishi) evakuatsiya qilindi. Jabrlanganlar yo‘q”, - deyilgan “Otirar” mahalliy nashr xabarida.

2 may kuni, Turkiston viloyatining bir nechta aholi yashash punktlarining suv bosgani haqida ma’lum qildi.

Jenis va Jana Turmis aholi punktlaridan ikki mingdan ortiq, Ferduosi va Nurli yo‘ldan 3 mingdan ortiq kishi evakutsiya qilindi. Aholi Atakent qishlog‘ida 9 ta evakuatsiya-qabul punktlarida joylashtirildi.

Kuni kecha, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbarlari Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisa bilan bog‘liq joriy vaziyatni hamda uning mamlakatlar chegaraoldi hududlaridagi oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha yaqin hamkorlikni tashkil etish masalalarini batafsil muhokama qilgan.

Prezidentlar hukumatlarga ishni muvofiqlashtirgan holda ta’minlash va yuzaga kelayotgan barcha masalalarni tezkor hal qilish bo‘yicha topshiriq berdilar.