O‘zbekistonda yana 9 kishida koronavirus aniqlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 9 kishiga koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.
Sputnik

TOShKENT, 3-may — Sputnik. 2020-yil 3-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2127 nafarni tashkil qilmoqda.

Kuni kecha jami 32ta yangi zararlanish holati qayd etildi, 59 nafar bemor sog‘aydi.

Ayni vaqtgacha 1271 kishi kasallikdan sog‘aygan, 847 kishi shifoxonalarda davolanmoqda.