DXX “Sardoba” suv ombori hodisasi yuzasidan tergov harakatlarini olib boradi

Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba” suv ombori o‘pirilishi oqibatida suv toshqini yuzaga kelganligi holati yuzasidan jinoyat ishi ochildi.
Sputnik

TOShKENT, 3-may — Sputnik. Joriy yil 01-may kuni Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba” suv ombori o‘pirilishi oqibatida suv toshqini yuzaga kelganligi holati yuzasidan JKning 207-moddasi 1-qismi va 258-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Suv ostida qolgan hududlar - Sardoba to‘g‘oni yorilgan joydan olingan kadrlar

Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlarini olib borish DXX organlariga yuklatildi.

Eslatib o‘tamiz, 1-may kuni soat 05:55da “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan va Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga, Mirzaobod tumanidagi “Navbahor”, “Haqiqat” va “Bahoriston” MFYlari aholi yashash punktlariga qisman suv kirgan.

Oqibatda "Qo‘rg‘ontepa", "Do‘stlik", "Yurtdosh" MFYlardan jami 11,6 ming nafar aholi xavfsiz joyga ko‘chirilgani haqida xabar qilingan edi.