TOShKENT, 2-may - Sputnik. O‘zbekiston FVV Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Joriy yilning 2-may holatiga ko‘ra, “Sardoba suv ombori”ning dambasini qayta tiklash maqsadida jami 100 ta yuk tashish texnikasi orqali tosh va shag‘al yetkazib berish ishlari tashkillashtirilgan.
Qutqaruvchilar tomonidan 138 nafar fuqaro toshqin oqibatlaridan qutqarilgan.
Shuningdek, suvda qidiruv-qutqaruv operatsiyasini o‘tkazish va sodir bo‘lgan vaziyatga aniq baho berish, keltirilgan zarar miqdorini aniqlash maqsadida, viloyat Favqudlodda vaziyatlar boshqarmasidan 75 nafar shaxsiy tarkib va 13 ta maxsus motorli qayiqlar jalb etilib, qutqaruv va qidiruv ishlari olib borilgan.