Merkel: COVID-19ga qarshi YeIda yaratiladigan vaksinadan barcha foydalanishi mumkin

Dushanba, 4-may kuni Yevrokomissiya taklifiga binoan donor-mamlakatlarning koronavirusga qarshi kurash mavzusida anjumani o‘tkaziladi, Merkel unda ishtirok etadi, deb xabar bermoqda GFR vazirlar mahkamasi.
Sputnik

TOShKENT, 2-maya - Sputnik. Yevropa Ittifoqida koronavirusga qarshi ishlab chiqilishi kutilayotgan vaksinadan dunyodagi barcha davlatlar foydalanishlari mumkin bo‘ladi, dedi shanba kuni GFR kansleri Angela Merkel. Uning bayonoti GFR Hukum ati saytida e’lon qilingan.

O‘zbekistonda koronavirus: 1-mayning asosiy xabarlari

Sal oldin GFR kansleri Angela Merkel va YeIning boshqa yetakchilari koronavirusga qarshi vaksina va dori preparatlarini ishlab chiqish uchun 7,5 milliard yevro miqdoridagi mablag‘larni to‘plashni boshlash lozimligi haqida gapirgan edilar.

Ular bu haqda bayonot bilan Frankfurter Allgemeinen Zeitung nashrining shanba kungi sonida chiqish qilganlar.