O‘zbekistonda koronavirus: 1-mayning asosiy xabarlari

O‘zbekistonda koronavirusni yenggan kishilar soni 1212 nafarga yetdi. bu kasallanganlarning 58 %ini tashkil qiladi.
Sputnik

TOShKENT, 1-may— Sputnik. Sputnik tahririyati koronavirus epidemiyasi bo‘yicha O‘zbekistonda 1-may soat 18:00 holatiga kunining eng muhim ma’lumotlarni jamladi. 

Bemorlar soni 

1 may soat 18:00 da O‘zbekistonda 2075 nafar koronavirus yuqtirganlar aniqlandi. Sunggi bir sutka davomida bemorlar soni 29 nafarga oshgan. 

Tuzalganlar 

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, 1-may kuni Farg‘ona, Toshkent, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida jami  79 nafar bemor tuzalgan. Qashqadaryo viloyatida bemorlar qolmagan. Tuzalganlar orasida Qirg‘iziston fuqarolari va bir nafar 81 yoshli qariya ham bor. Shunday qilib O‘zbekistonda koronavirusni yenggan kishilar soni 1212 nafarga yetdi, bu kasallanganlarning 58 %ini tashkil qiladi. 

Kasallik cho‘qqisidan o‘tdik

O‘zbekistonda kasallik cho‘qqisidan o‘tdi, kasallanganlar soni kamayishi kuzatilmoqda, dedi Sputnik muxbiriga Sog‘liqli saqlash vazirligi huzuridagi Karantinli va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyasi rahbari Marufjon Madaminov. Mutaxassis fikriga ko‘ra, hozirgi kunda kasallik yuqish holatlari aholi soni ko‘p bo‘lgan Toshkent, Buoro, Samrqand va Farg‘ona vodiysida uchramoqda.

COVID-19 dan so‘ng 

Bugun Toshkentda koronavirus bilan kasalib tuzalgan 24 yoshli ayolda bolakay tug‘ildi. Bolaning vazni 3150 gram, bo‘yi- 52 sm. Onasi kasal bo‘lishiga qaramasdan bolakay sog‘lom va o‘zini yaxshi his qilmoqda. Ona va bola shifokorlar nazorati ostida. 

Koronavirusning ikkinchi to‘lqini 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Melita Vuynovich aytishiga qaraganda, ushbu virus bilan insoniyat ilk bor duch kelayotgani sababli, immunitet juda kam kishilarda paydo bo‘lgan. Shu sababli "vaksina yaratilguniga qadar insoniyat epidemiyaning ikkinchi to‘lqinining oldini ola olmasligi mumkin", - dudi Vuynovich. Aksariyat ekspertlar uning fikriga qo‘shilmoqda. 

OTB 

Osiyo taraqqiyot banki epidemiya tufayli Markaziy Osiyoda "misli ko‘rilmagan iqtisodiy inqiroz"yuz berishi bashorat qildi. bank mutaxassislari fikriga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati ushbu vaziyatda iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash qatiy choralar qabul qilishi kerak. 

Jahon banki yordami 

Jahon banki COVID-19 pandemiyasini yengib o‘tish uchun O‘zbekistonga 200 million dollar qo‘shimcha yordam ko‘rsatishini e’lon qildi. Ushbu mablag‘lar aprel oyda ajratilgan 95 mln $ yordamga qo‘shimcha bo‘ladi va sog‘liqni saqlash hamda ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirish uchun yo‘naltiriladi. 

Turkiya yordami 

Turkiya xalqaro hamkorlik agentligi (TIKA) O‘zbekiston shifokorlari uchun 5 ming komplekt himoya vositalarini beg‘araz yetkazib berdi. Himoya vositalari tarkibiga kombinezon, ko‘zoynak, niqob, qo‘lqop va baxillalar kiradi. Insonparvarlik yordami tibbiy muassasalar orasida taqsimlanadi. 

Dunyoda 

1 may 18:00 holatiga ko‘ra butun dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 3,25 mln. kishini tashkil qilmoqda. Vafot etganlar jami soni 233 mingdan oshib ketgan. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo mamlakatlarda eng ko‘p kasallanganlar soni va vafot etganlar AQShda: 

1. AQSh 1 mln.dan ortiq kasallanganlar va ulardan 5,89 % (63 ming kishi) vafot etgan. 2. Ispaniya - 212 ming, vafot etganlar ulushi 11,5%. 3. Italiyada - 207 ming va 13%, 4. Buyuk Britaniya - 177 ming va 15%. 5. Germaniya - 160 ming va 4%. 6. Fransiya 130 ming va 18% (!). 7. Turkiya - 120 ming va 2,64%. 8. Rossiya - 114 ming va 1%.    

Xushxabar shundan iborat-ki, bugungi kun holatiga dunyo bo‘yicha kasallikni yengganlar soni 1 mln kishidan oshgan.