Joriy yilda yana 5 ta prezident maktabini ochish rejalashtirilgan

O‘zbekistonda yana 5 ta prezident maktabi va 2 ta ijod maktabini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 30 apr — Sputnik. 2020-yilda yana 5 ta prezident maktabini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev joriy o‘quv yilini sifatli yakunlash, bitiruv va kirish imtihonlarini tashkil etish masalalari muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazgan yig‘ilishida ma’lum qilindi.

“Respublikamizda Prezident maktablari soni 4 taga yetdi, 9 ta ijod maktabi o‘z faoliyatini olib bormoqda. Joriy yilda yana 5 ta Prezident maktabi va 2 ta ijod maktabini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan”, - deyiladi xabarda.

Prezident ularni o‘z muddatida qurish ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.

Eslatib o‘tamiz, prezident maktablari Toshkent, Nukus, Namangan, Xiva shaharlarida ochilgan. Prezident maktablari bitiruvchilari belgilangan tartibda davlat tomonidan tasdiqlangan shahodatnoma, attestat bilan bir qatorda, xalqaro darajadagi tegishli dastur diplomi (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels)ga ega bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida xorijiy oliy o‘quv yurtlariga kirish imkonini beradi.