Jahon banki O‘zbekiston korxonasiga nisbatan 2,5 yillik sanksiyalar kiritdi

Jahon banki Sirdaryo tumanlarini suv bilan ta’minlash loyihasi doirasida o‘zbekistonlik qo‘shma korxonaga nisbatan 2,5 yilllik sanksiyalar kiritdi.
Sputnik

TOShKENT, 30 apr - Sputnik.  Jahon banki O‘zbekistonda joylashgan qo‘shma korxonaga nisbatan 2,5 yillik sanksiyalar kiritdi, deb xabar qilmoqda xalqaro moliya tashkiloti matbuot xizmati. 

OOO "Mega-Mebiko" qo‘shma korxonasi Sirdaryo viloyatida suv ta’minoti bilan bog‘liq shartnomaga ega bo‘lish uchun qalbaki moliyaviy hujjatlar taqdim etgan hamda mavjud manfaatlar mojarosini yashirgan, - deyilgan xabarda.

Ushbu holat aniqlanganidan so‘ng OOO "Mega-Mebiko" korxonasiga 30 oy davomida Jahon bankining va unga bog‘liq bo‘lgan boshqa xalqaro tashkilotlar loyihalarida ishtirok etish ta’qiqlanadi va korxona boshqa kelishilgan shartlarni bajarishni o‘z zimmasiga oladi.

Jahon bankining Sirdaryo viloyatida amalga oshirilayotgan loyihasining umumiy qiymati 100 million dallarni tashkil qiladi. Loyiha viloyatning uzoq tuman va qishloqlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash, suv ta’minoti infratuzilmasini yaxshilash, ichimlik suv sifatini yaxshilashni nazarda tutgan.