Rossiya bosh vazirida COVID-19 aniqlandi

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin koronavirus yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi. Putin farmoni bilan Andrey Belousov uning vazifasini vaqtincha ijro etadi.
Sputnik

TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin prezident Vladimir Putinga koronavirus yuqtirib olganini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Chet elliklarning Rossiyaga kirish taqiqi uzaytirildi

Mishustin koronavirus bilan kasallangani bois o‘zini yakkalash rejimiga rioya qilishini ma’lum qilgan.

Shuningdek, u Vazirlar mahkamasi faol ravishda ishlashda davom etishi va u aloqada bo‘lishini ta’kidlagan.

Vladimir Putin Mishustin koronavirus bilan kasallangani sabab bosh vazir birinchi o‘rinbosari Andrey Belousovni uning vazifasini vaqtincha ijro etuvchi sifatida tayinlash to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq 106 498 ta holat qayd etilgan. Bemorlardan 11 619 nafari tuzalib ketgan, 1073 kishi esa vafot etgan.