Chet elliklarning Rossiyaga kirish taqiqi uzaytirildi

Xorijliklar Rossiyaga koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanmagunga qadar kiritilmaydi. Rossiya bosh vaziri tegishli farmonga imzo chekdi.
Sputnik

TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Xorijliklar uchun Rossiyaga kirish uchun o‘rnatilgan cheklov koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanmagunga qadar uzaytiriladi. Bu Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin ma’lum qildi.

“Hozircha koronavirus tufayli joriy etilgan cheklovlar qachon to‘liq olib tashlanishi mumkinligining aniq sanasini aytib bo‘lmaydi. Jumladan – Rossiya chegarasini kesib o‘tish. 30-aprelga qadar chet el fuqarolarining uchun mamlakatimizga kirishi cheklov amal qilmoqda. Men Hukumatning infeksiya bilan kurashish yakunlanmaguncha va epidemiologik vaziyat yaxshilanmaguncha ushbu muddatni uzaytirishga doir farmonini imzoladim”, - dedi u COVID-19 bilan kurashish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash rayosati majlisida.

Rossiya boshqa mamlakatlar bilan muntazam va charter parvozlarni to‘liq to‘xtatib qo‘yadi

Mishustin Rossiyaga kirish cheklovi ayrim toifadagi chet el fuqarolariga taalluqli emasligini ta’kidladi.

Xususan, mamlakatda import uskunalar texnik xizmati bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun bunday cheklov yo‘q.

Rossiya hukumati rahbarining fikriga ko‘ra, ushbu chora Rossiya sanoat korxonalari, jumladan, koronavirus infeksiyasi bilan kurash uchun uskuna ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga yetkazilgan salbiy ta’sirni kamaytirishga imkon beradi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Hukumati 2020-yil 18-martdan 1-mayga qadar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Rossiyaga kirishini vaqtincha cheklashga qaror qilgan edi. Keyinchalik ushbu cheklov MDH, Abxaziya va Janubiy Osetiya fuqarolariga qo‘llanilmasligiga oid o‘zgartirish kiritildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq 106 498 ta holat qayd etilgan. Bemorlardan 11 619 nafari tuzalib ketgan, 1073 kishi esa vafot etgan.