Toshkent shahri maydoni kengaytiriladi

Toshkent shahri maydoni yana 8,4 gektarga kengaytirilishi rejalashtirilmoqda. Qaysi hududlar yaqin kelajakda Toshkent shahriga qo‘shilishi haqida maqolamizda tanishing.
Sputnik

TOShKENT, 29 apr - Sputnik. 2041 yilga qadar Toshkent shahri maydoni 8,4 ming gektardan ortiq hududga kengaytirilishi kutilmoqda. Bu haqida "Toshkent shahrini 2041-yilgacha rivojlantirish bosh reja loyihasini ishlab chiqishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qonun loyihasida aytib o‘tilgan. 

"Konsepsiyada shahar tarkibiga Xonobod posolkasi, O‘zgarish posolkasi, Yunusobodning shimol qismi (Zangiota tumani), Salar posolkasining, Olmos posolkasi (Qibray tumani) bir qismi, Sergeliga tutash bo‘lgan (Zangiota, Yangiyo‘l, Yuqorichirchiq tumanlari), Bektemir tumanining janubiy hududlari (Quyichirchiq tumani)ni kiritish rejalashtirilmoqda", - deyilgan qaror loyihasida. 

Kengaytirilgan Toshkentda aholi soni ham oshishi kutilmoqda. Xususan 2018-yilda Toshkentda doimiy istiqomat qiluvchi 2,5 million aholi qayd etilgan bo‘lsa 2041 yilga kelib aholi soni 3,3 million kishini tashkil qilishi kutilmoqda.

Yangi qonun loyihasi va Toshkent shahrini 2041-yilgacha rivojlantirish bo‘yicha bosh reja konsepsiyalari Toshkent shahar hokimligi, "ToshkentboshplanLITI" DUK, "Kentsel Yenileme Merkezi A.S." (Turkiya) kompaniyasi ishtirokida  ishlab chiqilgan.

Qonun loyihasini muhokama qilish 13-mayga qadar davom etadi.