TOShKENT, 29 apr - Sputnik. Moskvaga O‘zbekistondan insonparvarlik yordamining to‘rtinchi partiyasi yetib keldi, deb xabar berdi samolyot qo‘ngan Vnukovo aeroporti matbuot xizmati.
Rossiyaga O‘zbekistondan insonparvarlik yordamining to‘rtinchi partiyasi yetib keldi
Rossiya poytaxtiga besh million tibbiy niqob va doka yetkazib berildi.
Rossiyaga O‘zbekistondan insonparvarlik yordamining to‘rtinchi partiyasi yetib keldi
© Press-slujba aeroporta Vnukovo
Ximoya vositalari birinchi navbatda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashning oldingi qismida harakat qilayotganlarga yo‘naltiriladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning insonparvarlik yordamining uchinchi partiyasi Moskvaga 23-aprel kuni yetib kelgan. Tibbiy niqoblar ortilgan oldingi ikki samolyot Rossiya poytaxtiga 18 va 20-aprel kunlari qo‘ngan.