TOShKENT, 28 apr — Sputnik. O‘zbekistonga Xitoy ikkinchi marotaba yuborgan insonparvarlik yordmining bir qismi yetib keldi, deb xabar qilmoqda Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi.
“29 aprel kuni erta tongda Toshkent shahrining xalqaro aeroportiga bortida Xitoy hukumati yuborgan insonparvarlik yuklari bo‘lgan samolyot kelib qo‘ndi. Yuklarning qolgan qismi (100 mingta test-tizim, 50 mingta tibbiyot himoya kiyimlari, 150 mingta KN95 tibbiyot niqoblari, 1 millionta tibbiyot jarrohlik niqoblari, 150 mingta tibbiyot qo‘lqoplari va 1000 dona masofaviy termometr) ham tez orada tayyorlanadi va O‘zbekistonga yetkaziladi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus epidemiyasi boshlangan kunlarida O‘zbekiston ham Xitoyga birinchilardan bo‘lib insonparvarlik yordami jo‘natgan edi. Shuningdek O‘zbekiston qo‘shni Qirg‘iziston, Afg‘onistonga, Vengriya, Belorus va Rossiyaga ham insonparvarlik yordami jo‘natgan edi.
Xitoy O‘zbekistonga bir millionta tibbiyot jarrohlik niqoblari jo‘natdi
© Press-slujba