O‘zbekistonda koronavirus bemori bilan muloqotda bo‘lganlarni aniqlovchi ilova yaratildi

Ilovaning asosiy vazifasi — bemor bilan oxirgi 14 kun ichida yaqin masofada va muayan vaqt aloqada bo‘lgan shaxslarni aniqlash.
Sputnik

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. O‘zbekistonda yosh dasturchilar koronavirus aniqlangan bemor bilan muloqotda bo‘lganlarni aniqlovchi mobil ilova yaratdi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ma’lum qildi.

O‘zbekistonda o‘zini yakkalash darajasini xarita orqali kuzatish mumkin

“Birga Yengamiz” nomli ilova Android va iOS qurilmalar uchun mo‘ljallangan.

“Ilovaning asosiy vazifasi — bemor bilan oxirgi 14 kun ichida yaqin masofada va muayan vaqt aloqada bo‘lgan shaxslarni aniqlash va zarur hollarda ularni karantinga joylab virusni yanada keng tarqalishining oldini olishdir”, - dedi u AOKAdagi brifingda.

Oksford universitetining olimlarining ta’kidlashicha, aholining kamida 60 foizi mazkur ilovalardan foydalansagina, u samara beradi.

Hozirda mazkur ilovani “PlayMarket” va “AppStore” platformalarida joylashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.