Shavkat Mirziyoyev Buxoroga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoroga jo‘nab ketdi. Kuni kecha kuchli shamol Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida aholi hayoti, infratuzilma tarmoqlari va qishloq xo‘jaligi ekinlariga katta zarar yetkazdi.
Sputnik

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. 27-aprel kuni O‘zbekiston hududiga kirib kelgan kuchli shamol Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida aholi hayoti, infratuzilma tarmoqlari va qishloq xo‘jaligi ekinlariga katta zarar yetkazgan. 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu tabiiy ofat oqibatlarini ko‘zdan kechirish, zarur chora-tadbirlarni belgilash hamda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish maqsadida bugun Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi.