Saakashvilini Ukraina bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlash rad etildi - OAV

Ukraina hukumati Oliy Radadan Mixail Saakashvilini bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlash haqidagi taqdimnomani qaytarib oldi.
Sputnik

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Ukraina hukumati Oliy Radadan Mixail Saakashvilini bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlash haqidagi taqdimnomani qaytarib oldi. Bu haqda "Senzor.net" nashri bosh muharriri Yuriy Butusov ma’lum qildi.

Saakashvili Ukraina beshta davlatga parchalanib ketishini bashorat qildi

Bu ma’lumotni Gruziya sobiq prezidenti va Odessa sobiq gubernatori yaqinidagi manbalar tasdiqladi.

Butusovning so‘zlariga ko‘ra, mazkur tayinlov qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘lgan deputatlar soni yetarli bo‘lmadi.

"Uzoq muzokaralardan so‘ng " Sluga naroda" fraksiyasi 248 deputatdan Saakashvilini tayinlash uchun 140-170 ga yaqin ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘ldi", - deb yozdi Butusov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Saakashvilini omma oldida qo‘llab-quvvatlamaslik to‘g‘risida qarori sabab bo‘lgan.

Ukraina hukumati endi Gruziya sobiq prezidentini Odessa meri lavozimiga nomzod qilib ko‘rsatmoqchi ekan.

Avvalroq Saakashvili Zelenskiy unga bosh vazirning islohotlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini taklif qilganini va unga XVJ va boshqa moliyaviy tashkilotlar bilan muzokaralar olib borishni buyurganini aytgandi.

Gruziya agar ushbu tayinlanish amalga oshirilsa, Kiyevdagi elchisini chaqirib olishini ma’lum qilgandi.