Mutaxassis: neft narxi uzoq vaqt davomida pastligicha qoladi

Kaliforniya sohilida bir necha kun davomida o‘nlab neft tankerlari to‘plandi. Mutaxassis bu boradagi fikrini bildirdi.
Sputnik

Neft bozorining haddan tashqari to‘yinganligi natijasida omborxonalarda bo‘sh joy yetishmayotganligi sezilyapti. Shu sababli sotuvchilar tankerlarni ijaraga olishga va ularda xom ashyoni saqlashga majbur bo‘lmoqdalar, dedi "Region" investitsion kompaniyasining Tahlil departamenti direktori Valeriy Vaysberg.

“Suvtekin”: neft narxi nol darajadan pastga tushdi

Kaliforniya sohilida bir necha kun davomida o‘nlab neft tankerlari to‘plandi. Xuddi shu holat Janubiy Afrika va Malta qirg‘oqlarida ham kuzatilmoqda. Qirg‘oq hududiga yangi kemalar kelishi davom etmoqda. Long-Bich bandargohida 27 ta tanker langar tashladi.

"Bunday vaziyatni kutsa bo‘lardi. Tankerlar soni ortib borayotgani va ortiqcha zaxiralar bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanmaguncha ular bu yerda bo‘lishi mantiqan to‘g‘ri. Ammo biz asta-sekin qazib olishni qisqartirish va iqtisodiy faoliyatning tiklanish bosqichiga o‘tayotganimizni hisobga olsak, biz neftni saqlash uchun umuman joy qolmasligi inqirozi ssenariyini chetlab o‘tamiz deb taxmin qilishimiz mumkin", - dedi mutaxassis Sputnik radiosi efirida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, may oyida ancha tarang vaziyat kutilmoqda, saqlash joylari sifatida nafaqat katta, balki kichik tankerlar ham jalb qilinadi. Bunday vaziyatda bozor ancha jiddiy bo‘ladi va neft narxi ancha past bo‘lib turadi.

Mutaxassisning to‘liq fikrini quyidagi podkastda rus tilida tinglash mumkin.

Mutaxassis: neft narxi uzoq vaqt davomida pastligicha qoladi