Deputatlar O‘zbekistonning YeOIIga kuzatuvchi davlat maqomida kirishini ma’qulladi

O‘zbekistonning Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi bilan hamkorligi yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yakuniy qarori qabul qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Bugun O‘zbekistonning Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi bilan hamkorligi yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yakuniy qarori qabul qilindi.  Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Akmal Burxanov telegram kanalida ma’lum qildi.

Oliy Majlis Senatida YeOII bilan hamkorlik bo‘yicha maxsus ishchi guruh tuzildi

Qayd etilishicha, deputatlar O‘zbekistonning YeOIIga “kuzatuvchi davlat” maqomida ishtirok etishi maqsadga muvofiq deb topgan.

Ushbu qaror bo‘yicha yig‘ilishda ishtirok etgan jami 132 nafar deputatlardan 86 nafari tarafdor (yoqlab), 32 nafari qarshi, 14 nafari esa betaraf ovoz berishdi.

O‘zbekiston YeOIIga kuzatuvchi sifatida kiradi – Vazirlar mahkamasi taklifi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston parlamenti ishchi guruhi YeOII bilan hamkorlik masalasini o‘rganishga kirishgani xabar qilingan edi. Shuningdek, Oliy Majlis Senatida mamlakatning ittifoq bilan hamkorlik istiqbollarini hamda ushbu xamkorlikning mamlakat milliy manfaatlariga ta’sirini chuqur va har tomonlama o‘rganish bo‘yicha maxsus ishchi guruhi tuzilgan.