Buxorodagi kuchli shamol tafsilotlari ma’lum bo‘ldi – qurbon bor

FVV Buxorodagi kuchli shamol oqibatlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi. Tabiiy ofat natijasida 30 kishi jabrlangan, bir kishi esa qurbon bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Buxorodagi kuchli shamol oqibatlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi.

“Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, taxminan 29 nafar fuqaro yengil va 1 nafar fuqaro og‘ir tan jarohati olgan bo‘lib, 1 ta holatda o‘lim qayd etilgan”, - deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, yengil va og‘ir tan jarohati olgan 5 nafar fuqaro tibbiyot muassasasiga yotqizilgan. 26 nafariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyga javob berilgan.

Sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha viloyat hokimliklarida shtablar tashkil etilib, favqulodda vaziyatlarni baholash komissiyalari keltirilgan zararlarni aniqlash ishlarini olib bormoqda.

Buxorodagi kuchli shamol tafsilotlari ma’lum bo‘ldi – qurbon bor

Amaliy tadbirlarga FVBlardan jami 704 nafar shaxsiy tarkib, 127 ta avtotransport vositasi, shuningdek, mahalliy hokimiyatlar va Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimiga kiruvchi IIB, SSB, Kommunal va boshqa tegishli xizmatlardan mas’ul xodimlarni jalb etgan holda talofat oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Buxorodagi kuchli shamol tafsilotlari ma’lum bo‘ldi – qurbon bor

27 aprel kuni soat 20:00dan 28-aprelgacha soat 00:30ga qadar respublikaning Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida 9-40 m/sek. tezlikda shamol esishi kuzatilgan edi. Hududlardagi daraxtlarning ag‘darilishi natijasida ijtimoiy soha obyektlari, aholi yashash xonadonlari va avtotransport vositalariga zarar yetgan.

Toshkent shahar hokimligi poytaxtda kuchli shamol esishi kutilayotgani haqida ogohlantirmoqda. Avtomobillarni xavfsizroq joyga qo‘yish so‘ralgan. Shuningdek, elektr bilan bog‘liq uzilishlar yuzaga kelgan taqdirda maishiy elektr uskunalarni elektr tarmog‘idan uzib qo‘yish tavsiya qilingan.