Dollar va yevro kursi pasaydi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Bu hafta dollar 7,94 so‘mga kamaydi.
Sputnik

TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 28-apreldan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 7,94 so‘mga pasayib, 10 130,00 so‘m tashkil qildi.

Yevro ham 65,36 so‘mga arzonlashdi va 10 960,66 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli 1,38 so‘mga arzonlashib, 135,38 co‘mni tashkil qildi.