Avtomashinani kimlar ishonchnomasiz boshqarishi mumkin?

Adliya vazirligi avtomobillarni kimlar ishonchnomasiz boshqarishi mumkinligi borasida eslatma bilan chiqdi.
Sputnik

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Adliya vazirligi avtomashinani kimlar ishonchnomasiz boshqarishi mumkinligini fuqarolarga eslatdi.

Transport vositasi egasining  quyidagi qarindoshlari transport vositasini ishonchnomasiz boshqarishi mumkin:

  • ota-onasi;
  • eri (xotini);
  • bolalari;
  • aka-ukalari;
  • opa-singillari.

Ushbu yaqin qarindoshlar haqida ma’lumot (familiyasi, ismi, otasining ismi, qarindoshlik darajasi) transport vositasi egasining sug‘urta polisida ko‘rsatilgan bo‘lishi  kerak.