TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Bugungi kunda epidemik vaziyat noxush bo‘lgan hududlardan kelgan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 81 079 nafar fuqarolar salomatligi ustidan tibbiy nazorat davom etmoqda. Bu haqda AOKAdagi brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori o‘rinbosari Bahrom Almatov ma’lum qildi.
Almatov ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi mavjud virusologik laboratoriyalarda koronavirusga o‘tgan kunning o‘zida 8579 ta, shu vaqtgacha 242 536ta test o‘tkazilgan.
Uy sharoitida 62 825 nafar, statsionar sharoitda esa 18 254 nafar fuqaro karantinga olingan.
Shu vaqtga qadar 207 336 nafar (uy sharoitida 174,441 nafar, statsionar sharoitida 32895 nafar) fuqarolar karantindan chiqarildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 1865 nafarga yetgan. Shulardan 707 nafari tuzalib ketgan. 8 kishi vafot etgan.