Pandemiyada davridagi Kobul hayotiga nazar – foto

Sputnik

Afg‘onistonda ham boshqa mamlakatlardagi singari fuqarolarga zaruratsiz ko‘chaga chiqish taqiqlangan. Kobuldagi ko‘chalar berkitilgan.

Kobulda muntazam dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Ko‘chalarda odam siyraklashgan.

Fuqarolarning hammasi ham hukumatning niqob taqish tavsiyasiga amal qilmayapti.

Afg‘oniston poytaxtida barcha jamoat joylari, sport binolari yopilgan. Oziq-ovqat do‘konlari faoliyat yuritmoqda, xolos.

Afg‘oniston parlamenti Rossiyaga koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda yordam so‘rab murojaat qildi.

26 aprel holatiga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirus bilan bog‘liq 1463 ta holat qayd etilgan. 188 nafar bemor tuzalishga muvaffaq bo‘lgan. 47 nafar bemor vafot etgan.

1 / 16
Kobuldagi do‘kon oldidagi erkaklar
2 / 16
Kobulda muhtojlarga bepul oziq-ovqat tarqatish vaqtida niqob taqqan fuqaro
3 / 16
Kobul ko‘chalarida yo‘lovchilarni dezinfeksiya qilish
4 / 16
Kobulda velosiped haydab ketayotgan erkak
5 / 16
Qo‘llari dezinfeksiya qilinayotgan ayollar
6 / 16
Kobulda yopilgan do‘kon oldidagi ishchilar
7 / 16
Kobulda qo‘llarni dezinfeksiya qilish
8 / 16
Bozordagi savdo-sotiq ishlari
9 / 16
Kobulda uysiz erkak do‘kon yonida choy ichmoqda
10 / 16
Muhtojlarga atalgan oziq-ovqat
11 / 16
Afg‘oniston hukumatining aholiga yordam sifatida bergan bir qop unini aravachada olib ketayotgan fuqaro
12 / 16
Afg‘oniston hukumati yordamini berilishini kutayotgan afg‘on ayollari
13 / 16
Bepul yordamni kutayotgan ayollar
14 / 16
Ko‘zgudagi erkak aksi
15 / 16
Bepul oziq-ovqat uchun navbat kutayotganlar
16 / 16
Dezinfeksiya ishlarini amalga oshirayotgan xodim