TOShKENT, 25 apr — Sputnik. O‘zbekistondagi yosh onalarni "Koinot tabassumi 2021" xalqaro go‘zallik tanlovida ishtirok etishga chorlashmoqda.
Tanlov shartlari: nomzodlar yoshi 23dan 45 yoshgacha bo‘lishi kerak. Tanlov yosh onalar uchun mo‘ljallangani tufayli ishtirokchilar kamida bitta farzandi bo‘lgan ayollar orasidan saralab olinadi.
Ariza sayt orqali beriladi. Shuningdek, saytda "Koinot tabassumi 2020" unvoniga ega bo‘lgan qrimlik go‘zal ona Anastasiya Kosenkoning anketasi bilan tanishish mumkin. Sohibjamol joriy yilgi tanlov hay’at a’zolari ro‘yxatiga kiritilgan.
Shuningdek, ishtirokchilarga go‘zallik tanlovi produseri - Leonid Xromov, rossiyalik xonanda, aktrisa, teleboshlovchi va jonli "Barbi" bo‘lgan Tanya Tuzova hamda oldingi mavsumning ko‘plab g‘oliblari baho berishlari kutilmoqda.
"Joriy iqtisodiy va siyosiy vaziyatga qaramay, biz qo‘llarni qovushtirib o‘tirmaymiz va ijtimoiy jihatdan muhim xalqaro loyiha sanalgan festivalimizni hayotga tatbiq etishda davom etaveramiz. Bizning dunyomizga tabassum, yaxshilik va go‘zallik yetishmayapti! Biz dunyo hukumati bizlarga o‘z o‘yin qoidalarini majburiy singdirish orqali barcha odamlardan qullarni yasashga urinayotgani bilan murosa qilishni istamaymiz. Agar ko‘ngillarimizda qora emas, yorug‘ energiya ko‘proq joy egallasa, ular o‘z maqsadlariga erisha olmaydilar", - deb aytgan jurnalistlarga Leonid Xromov.
Yubiley festival final bosqichi taxminan 2021-yilning yanvar-fevral oylarida Moskvadagi konsert zallarining birida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.