O‘zbekistonda koronavirus: eng so‘nggi ma’lumotlar

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 25-aprel holati 10.00da 1836 nafarni tashkil qilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 25 apr - Sputnik. 2020-yil 25-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1836 nafarni tashkil qilmoqda.

O‘zbekiston pandemiya oqibatlarini yumshatish uchun 3 mlrd dollar jalb qiladi

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Sog‘ayganlar soni jami: 621 ta. 8 kishi infeksiya qurboniga aylangan.

Shu kunlarda koronavirus bemorlarini davolash uchun Toshkentning Zangiota tumanida 10 ming o‘rinli virusologiya markazi qurilishi ildam qadamlar bilan olib borilmoqda

Kuni kecha prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlari tahlili asosida karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish yuzasidan takliflar kiritish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Avtoservis, notarius, qurilish materiallari bozorlari — qator yo‘nalishlar faoliyatini qayta boshlamoqda.

Amerikaning Jon Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus qurbonlari soni 200 mingga yaqinlashgan. Universitet xabar berishicha 195 920 kishi infeksiyadan vafot etgan, 781 382 sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan. 

Bemorlanganlar soni 2 790 986 yetgan.

Eslatib o‘tamiz, BSST 11-mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya, deb e’lon qligan edi.