Putin Ikkinchi jahon urushi tugagan sanani o‘zgartirdi

1945 yilda SSSR Oliy Kengashi 3-sentabrni Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba kuni sifatida e’lon qilgan. Xuddi shu sana jang ishtirokchilari taqdirlangan "Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun" medalining orqa tomonida ko‘rsatilgan
Sputnik

TOShKENT, 25 apr - Sputnik. Vladimir Putin Ikkinchi jahon urushi tugagan sanani 3-sentabrga ko‘chirish haqidagi qonunni imzoladi, deb xabar beradi RIA Novosti.

SSSR va Rossiyada G‘alaba paradlari qanday o‘tkazilgan

Bunga qadar Harbiy shon-sharaf kuni 2-sentabrda nishonlangan.

Hujjat mualliflari Davlat dumasi deputatlari Vladimir Shamanov, Georgiy Karlov va senatorlar Grigoriy Karasin hamda Mixail Kozlov ekanligi aytilmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, qonun Ikkinchi jahon urushi g‘oliblariga nisbatan tarixiy adolatni saqlab qolgan. Bundan tashqari, ushbu hujjat halok bo‘lganlar xotirasini munosib tarzda abadiylashtirishga qaratilgan.

1945 yilda SSSR Oliy Kengashi 3-sentabrni Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba kuni sifatida e’lon qilgan. Xuddi shu sana jang ishtirokchilari taqdirlangan "Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun" medalining orqa tomonida ko‘rsatilgan. Ammo, ikki yil o‘tib ushbu kun ish kuni sifatida e’lon qilingan, vaqt o‘tib esa, ushbu bayram xotiralardan ko‘tarilgan.