Rossiyaning to‘qqizta vaksina ishlanmasi COVID-19ga “zarba beradi”

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Rossiyaning to‘qqizta koronavirusning yangi turiga qarshi vaksinasini ma’qulladi.
Sputnik

TOShKENT, 24 apr - Sputnik. Rossiyaning to‘qqizta koronavirusning yangi turiga qarshi vaksinasi Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan istiqbolli vositalar ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda stopkoronavirus.rf saytida xabar qilindi.

“Rossiyaning to‘qqizta COVID-19ga qarshi vaksinalari BSST tomonidan istiqbolli vositalar ro‘yxatiga kiritildi. Ular orasida "Vektor" Davlat virusologiya va biotexnologiya ilmiy markazida yaratilgan oltita dori vositalari bor”, - deyiladi xabarda.

Koronavirusga qarshi vaksina uch bosqichda sinovdan o‘tkaziladi - biolog

Ta’kidlanishicha, Novosibirsk olimlari markazining ishlanmalari orasida Ebola virusi, qizamiq viruslari, A grippi, vezikulyar stomatit viruslariga qarshi vaksinalar platformasi, shuningdek, subagona va mRNK vaksinalariga asoslangan dori vositalari mavjud.

Shuningdek BIOKAD kompaniyasi ikkita vaksinani taqdim qildi, xususan, Eksperimental tibbiyot instituti FGBNU bilan birgalikda yaratilgan gripp virusining attenuirlangan negiz asosida jonli vaksinani, va mRNK liposomalariga inkapsulyatsiya qilinganini.

Bundan tashqari, Sankt-Peterburgdagi Vaksinalar va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutida rekombinant oksil va nanozarralarga asoslangan preparat yaratildi.

BSST tomonidan tuzilgan koronavirus infeksiyasiga qarshi joriy vaksinalar ro‘yxatiga ko‘ra, 23-aprel holatiga dunyoda 83 ta dori mavjud, ulardan 77 tasi klinikoldi tadqiqotlar bosqichida, oltitasi odamlarda klinik sinovlardan o‘tmoqda.