Inqirozga qarshi kurash fondi mablag‘i nimalarga sarflandi?

Koronavirus epidemiyasi tufayli yuzaga kelgan vaziyatni barqarorlashtirish uchun O‘zbekiston Inqirozga qarshi kurash fondidan salkam 1,9 trillion so‘m (180 mln $) mablag‘ xarajat qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 24 apr - Sputnik. O‘zbekiston Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasi mablag‘lari qaysi sohalarga xarajat qilingani haqida Moliya vazirligining hisoboti e’lon qilindi. 

Unda aytilishiga ko‘ra, Jamg‘arma xarajatlarining eng katta qismi - 901 milliard  so‘m - Energetika sektori uchun ajratilgan. Xususan, Issiqlik elektr stansiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun - 500 mlrd. so‘m, "O‘zbekneftgaz" AJ uchun - 401 mlrd so‘m. 

Sanitar-epidemiologik barqarorlik agentligiga - 425 mlrd. so‘m. 

  • 270 mlrd. So‘m - Test-tizimlari, kimoviy reagentlar va himoya vositalari xarid qilish uchun;
  • 131 mlrd – hududiy markazlar faoliyati uchun; 
  • 11 mlrd. So‘m  - maxsus avtotransport xarid qilishga;
  • 10 mlrd – xodimlarga qo‘shimcha maosh uchun; 
  • 3 mlrd so‘m – karantindagi fuqarolarga dori-darmon sotib olib berish uchun.

Karantin majmualari qurilishiga - 411 mlrd. so‘m

  • 286 mlrd - Toshkent viloyatida 10 ming o‘rinli virusologiya majmuasi qurilishiga;
  • 111 mlrd – 20 ming o‘rinli karantin turar joylar qurilishiga (konteyner); 
  • 10 mlrd – diagnosti majmualarini qayta jihozlash uchun;
  • 4 mlrd – tibbiyot vositalari va dezinfeksiya uchun;

Ijtimoiy sohaga 147 mlrd so‘m ajratilgan

60 mlrd. so‘m – O‘zbekiston profsoyuzlar federatsiyasiga (kam ta’minlangan oilalarda ayollarga yordam uchun); 

50 mlrd. so‘m – jamoat ishlari fondiga;

26 mlrd. so‘m – ijtimoiy to‘lovlar;

11 mlrd. so‘m – Toshkent  metropoliteni xodimlari maoshi.

Inqirozga qarshi kurash fondi mablag‘i nimalarga sarflandi?

Undan tashqari 60 mlrd so‘m - suv ta’minoti va oqava tizimi faoliyati uchun ajratilgani Moliya vazirligi tomonidan alohida qayd etilgan edi.