TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Aleksandr Gorchakov nomidagi xalq diplomatiyasi qo‘llab-quvvatlash fondi ishtirokchilari bilan o‘tkazilgan doira suhbati davomida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi nomiga yog‘dirilayotgan tanqidlar nima bilan bog‘liqligi haqida gapirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
"Mukammallikning cheki yo‘q. Lekin Qirg‘izistonda (YeOIIda) nimanidir o‘zgartirish kerakligi to‘g‘risida fikrlar tarqalayotgan ekan, men bu kimo‘zalik jarayoni aksi, Markaziy Osiyo uchun raqobat jarayonining aksi ekanligini istisno etmayman. Bizning g‘arblik hamkasblarimiz bu kurashga faol bel bog‘lagan. Biz bunday raqobatni foydali, deb hisoblamaymiz, Markaziy Osiyo davlatlariga yordam berish uchun hamkorlik qilgan ma’qul", — dedi Rossiya tashqi siyosiy mahkama vakili.
Eslatib o‘tamiz, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Oliy kengashi virtual majlisi 14-aprel kuni o‘tkazilgan edi. Davlat rahbarlari COVID-19 koronavirusi tarqalishiga qarshi kurashishda sa’y-harakatlarni birlashtirishga e’tibor qaratdilar.
YeOII mamlakatlari yetakchilari yakuniy bayonotda barcha mamlakatlarni qurollangan mojarolarga chek qo‘yishga, savdo urushlarini va biroqlama sanksiyalarni to‘xtatishga chaqirgan edilar.
YeOII - 2015-yilning 1-yanvaridan faoliyat yuritib kelayotgan integrallashgan iqtisodiy birlashmadir. Ittifoq a’zolari — Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston. 2020-yilda YeOII organlarida Belarus raislik qilib kelmoqda. Moldova 2018-yildan YeOII qoshida kuzatuvchi hisoblanadi.